06 iyu 10:20
Yangiliklar
Futbol

Rasman. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi istefoga chiqdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino rasman istefoga chiqdi.
Endi u terma jamoani Rio Olimpiadasiga tayyorlamaydi. Martino bilan birga murabbiylar shtabi ham istefoga chiqdi. Bu malumot Argentina futbol federaciyasi rasmiy saytida ham o'z tasdig'ini topdi.
Eslatib o'tamiz, Xerardo Martino terma jamoani 2014 yilgi Jahon chempionatidan so'ng qabul qilib olgandi. O'tgan vaqt mobaynida Martino boshchiligidagi argentinaliklar 29ta uchrashuv o'tkazib, 19ta g'alaba, 7ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etishdi.
Havola :
Fikrlar