03 iyu 16:44
Yangiliklar
Futbol

Rasman. "Aston Villa" yana bir xaridni amalga oshirdi
Belgiyaning "Bryugge" klubi hujumchisi Uesli Moraes "Aston Villa"ga o'tdi.
Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Transfer 25 million evroni tashkil etdi. SHartnoma muddati esa oshkor qilinmayapti.
Braziliyalik futbolchi Braziliyaning "Itabuna" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini 2015 yilda Slovakiyaning "Trenchin" klubida boshlagan.
Moraes "Bryugge"da 2016 yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi. Futbolchi yakunlangan mavsum "Bryugge" libosida 12ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar