04 okt 13:10
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Del Neri – “Udineze” bosh murabbiyi!
Italiyaning “Udineze” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Italiyalik mutaxassis Luiji Del Neri Udine shahri klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Neri istefoga chiqarilgan Juzeppe Yakinining o'rnini egalladi.
“Udineze” klubi rahbariyati 66 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu murabbiy 2015/16 yilgi mavsumda Italiyaning boshqa bir jamoasi “Verona”da faoliyat yuritgandi. O'shanda “Verona” chempionatda so'nggi o'rinni egallagandi.
Havola :
Fikrlar