01 mar 05:42
Yangiliklar
Futbol
Rasman: FIFA va UEFA rus klublari va terma jamoalarini barcha xalqaro turnirlardan chiqarib yubordi
FIFA va UEFA matbuot xizmati Rossiya klublari va terma jamoasi borasida bayonotini malum qildi.
Unga ko'ra, Rossiya terma jamoasi hamda mamlakat hududiga kiruvchi barcha klublar xalqaro turnirlardan chiqarib yuborildi. Rossiya terma jamoasi Qatar-2022 o'tish o'yinlarida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bayonotda malum qilinishicha, tashkilot "Gazprom" bilan shartnomani ham bekor qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Gazprom" yaqindagina UEFA bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirib, yiliga 40 million evro to'lashi borasida shartnoma imzolangandi.
Havola :
Fikrlar