10 iyu 07:10
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Gvardiolaga ustozlik qilgan mutaxassis "Siti"ning murabbiylar shtabida ish boshladi
Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xuan Manuel Lilo Pep Gvardiolaning yangi assistentiga aylandi. 54 yoshli mutaxassis bilan kelishuv esa bir yilga mo'ljallangani aytilmoqda. Lilo onasining hastaligi tufayli o'z xohishi bilan “Cindao Xuanxay”dan (Xitoy) ketdi.
“Manchester Siti” murabbiylar shtabiga qo'shilganimdan baxtiyorman. Pep bilan bir-birimizni ko'p yillardan beri bilamiz va uning ajoyib jamoasining bir bo'lagi bo'lganimdan xursandman”, deydi belgiyalik.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola futbolchilik faoliyatining so'nggi mavsumini o'tkazgan “Dorados” (Meksika) klubida Xuan Manuel Lilo murabbiy sifatida ishlagan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar