25 iyu 08:05
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/1778_220.jpg)
Rasman. Kolo Ture “Seltik” azosiga aylandi
“Arsenal”, “Manchester Siti” va “Liverpul” jamoalarining sobiq himoyachisi Kolo Ture rasman SHotlandiyaning “Seltik” klubi azosiga aylandi.
Kot-d'ivuarlik 35 yoshli himoyachi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Tureni “Seltik” azosiga aylanishida bosh murabbiy Brendan Rojersning roli katta bo'ldi. Sababi, shimoliy irlandiyalik mutaxassis “Liverpul”ni boshqarganida Ture aynan uning qo'li ostida to'p surgan.
Ture “Seltik”ka tekinga tushdi. Boisi, futbolchi ozod agent sifatida Glazgoga ko'chib o'tdi. O'tgan mavsumda Kolo Angliya chempionatida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar