06 avg 12:27
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Lester" "Monako" vingerini sotib oldi + FOTO
"Monako" vingeri Rashid Gezzal faoliyatini "Lester Siti"da davom ettiradi.
Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi. Yigirma 26 yoshli jazoirlik futbolchi "tulkilar" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer detallari haqida rasmiy malumot berilmagan. Lekin, Britaniya OAVlari Gezzal "Lester"ga 15 million evro evaziga o'tishi haqida xabar qilishgan edi.
O'tgan mavsum Gezzal Franciya chempionatida "Monako" uchun 26ta uchrashuv o'tkazdi va ikkita gol urib, uchta golli pas berdi. Monegasklar jazoirlikni 2017 yil "Lion"dan taxminan 3 mln evroga sotib olishgan edi.
Havola :
Fikrlar