28 dek 09:15
Yangiliklar
Futbol

Rasman. “Malaga” bosh murabbiyi Xuande Ramos istefoga chiqdi
Ispaniyaning “Malaga” klubi bosh murabbiyi Xuande Ramos o'z lavozimini tark etdi.
Avvalroq klub prezidenti Abdulla Al-Tani o'zining Twitter ijtimoiy sahifasida ispaniyalik mutaxassis istefoga chiqarilishini malum qilgandi.
Bu malumotni “Malaga” klubi rasmiy sayti ham tasdiqladi. Ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra Xuande Ramos o'z lavozimini tark etdi. 62 yoshli mutaxassis hamkorlik uchun barcha minnatdorchilik bildirdi.
Malumot uchun, Ispaniya chempionatining 16-turidan so'ng “Malaga” 21 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar