18 sen 19:43
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Marash Kumbulla “Roma”ga o'tdi
Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Verona” himoyachisi Marash Kumbulla ijara asosida “Roma”ga o'tdi. Ijara kelishuvi 2 yilga mo'ljallangan. Kumbulla 2022 yil 30 iyunga qadar “Roma” safida harakat qiladi. Xuddi shunday shartlar asosida “Roma” uch futbolchisi — Mert CHetin, Matteo Kanchelleri va Abdudrame Diabini “Verona”ga yuboradi. SHuningdek, “Roma” yana 2 mln evro to'laydi.
Malumot uchun, 20 yoshli Marash Kumbulla o'tgan mavsum “Verona” asfida 26 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar