28 jan 20:08
Yangiliklar
Futbol

Rasman: "Paxtakor" portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.
U bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. 26 yoshli hujumchi Portugaliyaning "Boavishta" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyati davomida Nicca (Franciya), Sent-Mirren (SHotlandiya), APOEL (Kipr), Veria (Greciya), Anortosis (Kipr), Al-Ittifoq (Saudiya Arabistoni) va Xarts (SHotlandiya) klublari safida o'ynagan.
Ushbu jamoalar safida u faqat yuqori divizionda ishtirok etgan. 186 uchrashuvda 54 gol muallifiga aylangan. 2013 yil "Sent-Mirren" bilan SHotlandiya Liga Kubogini qo'lga kiritgan. O'sha yilning o'zida APOEL bilan Kipr Superkubogi sohibiga aylangan.
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar