10 avg 13:21
Yangiliklar
Futbol
Rasman. Raneri “Lester” bilan 2020 yilgacha shartnoma imzoladi
Klaudio Raneri Angliya chempioni “Lester” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
“Tulkilar” rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng bir to'xtamga kelishdi. Sky Sports nashrining xabar berishicha, shartnoma 2020 yilning iyun oyiga qadar uzaytirildi.
Ranerining avvalgi shartnomasi yana ikki yil amalda bo'lishi kerak edi. “Lester”ning Angliya chempioni bo'lishi klub rahbarlarining tezroq shartnomani uzaytirishiga turtki bo'ldi. “Lester” chempionlik himoyasiga kelayotgan shanba kuni “Xall Siti”ga qarshi o'yin bilan kirishadi.
Havola :
Fikrlar
men EPL Manager da liga yaratdim va nomini «APL Chempionlari» deb qo'ydim. Agar ligamizda ishtirok etsangiz juda xursand bo'lardim!
O'yinni boshlash uchun - shunchaki quyidagi havolaga o'ting va jamoa tuzishingiz bilan ligaga avtomatik qo'shilasiz: https://eplmanager.com/oz/I-WHRL-KCF2
Bizdagi jamoalar soni 30 tadan oshdi siz xam bizga qoshiling