20 okt 15:01
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Rustam Ashurmatovning jamoasi muddatidan oldin K-Ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi
Bugun K2-Ligasining 33-turi doirasida "Busan I'Park" jamoasi o'z maydonida "Ansan" jamoasiga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
CHempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida busanliklar turnir jadvalidagi peshqadam "Gvangju" jamoasi bilan o'rtadagi farqni 10ta ochkogacha oshirib yuborishdi. SHu orqali Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan "Gvangju" jamoasi muddatidan avval Koreya K-Ligasi uchun ajratilgan yagona to'g'ridan to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ldi.
"Busan I'Park" - "Ansan" 0:2
Gollar: Jang Xyok Jin (18), Masatoshi Ishida (50).
Kecha "Gvangju" jamoasi o'z maydonida "Anyang"ni 4:0 hisobida mag'lub etgandi. SHuningdek, turnir jadvalida 2, 3 va 4-o'rinni olgan jamoalardan biri pley-off o'yinlari orqali K-Liga yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
K2-Ligasining turnir jadvali shunday ko'rinish olgan:
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar