07 fev 11:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o'tdi + FOTO
Meksikanining "Monterrey" klubi ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning transferini elon qildi.
			38 yoshli Ramos erkin agent sifatida klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2024 yil iyun oyida Ramos «Sevilya»ni tark etgan va klubsiz edi.
— Serxioning kelishi — uning erishgan yutuqlari va dunyo miqiyosidagi mashhurligi tufayli klubimiz tarixidagi o'zgacha lahza, — deyiladi Meksika klubi xabarida.
Ramos Madridning «Real» klubida 5 marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 4 marta Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari PSJ safida ikki bor Franciya chempioni bo'lgan.
Futbolchi yangi klubi safida 93-raqamda o'ynaydi.




            Havola            :         
            
			
Fikrlar