23 dek 12:20
Yangiliklar

Rasman. “SHapekoense” Sudamerikana Kubogi topshirildi
Kubokni tantanali topshirish marosimi KONMEBOL tashkilotning Asunsbon shahrida joylashgan bosh shtab kvartirasida bo'lib o'tdi. Kubokni “SHapekoense” jamoasining yangi prezidenti Plinio Davidu de Nesu Filo qabul qilib oldi.
Endi “SHapokoense” klubi ushbu mukofot sohibi sifatida qitaning eng nufuzli turniri – Libertadores Kubogida ishtirok etadi. Ushbu musobaqa 2017 yilning 23 yanvar kuni start olib, 29 noyabrda yakunlanadi.
Eslatib o'tamiz, “SHapokoense” klubi Sudamerikana-2016 kubogi finalida maydonga tushish maqsadida ketayotganda aviahalokatga uchragan edi.
Finaldagi raqib Kolubiyaning “Atletiko Nasonal” klubi esa kubokni “SHapokoense”ga topshirish taklifi bilan chiqqan va KONMEBOL tashkiloti bu talabni qondirgandi.
Fikrlar