26 noy 13:47
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Rasman. SHohasan Mirzamatov "Humo Arena"da revansh jangini o'tkazadi
Xabar berganimizdek, 29 dekabr kuni Toshkent shahrida MMA bo'yicha Octagon 68 musobaqasi o'tkaziladi.
			Turnirning navbatdagi etiborga molik jangi elon qilindi.
Yarimo'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohasan Mirzamatov musobaqa doirasida Braziliya vakili Pedro Farias bilan to'qnash keladi.
Bu ikki sportchi uchun o'zaro ikkinchi jangga aylanadi. Oktyabr oyida tashkil etilgan ilk bellashuv Fariasning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Malumot o'rnida, 34 yoshli Mirzamatov shu kungacha 17 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Pedro Fariasning hisobida esa 11 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Avvalroq, turnir doirasida Anvar Abdullaev, Muhiddin Mamajonov kabi hamyurtlarimiz jang qilishi haqida xabar bergandik.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar