06 fev 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: SHohasan Mirzamatovning o'rniga boshqa o'zbekistonlik kamar uchun jang qiladi
23 fevral kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 70 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnirning markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasidagi chempion, qozog'istonlik Georgiy Kichigin hamda o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov o'rtasida kechishi kerak edi. Ammo Mirzamatov bir necha kun oldin avtofalokat tufayli jarohat oldi va buning natijasida jangda ishtirok eta olmasligi aniq bo'ldi.
Liga SHohasanning o'rniga kim jang qilishi bo'yicha xabar berdi. Unga ko'ra, 23 fevral kuni Kichiginga boshqa bir hamyurtimiz Saidotaxon Nuriddinov raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Georgiy Kichigin faoliyati davomida 41 ta jang o'tkazib, 31 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan. Saidotaxon Nuriddinov hisobida esa 6 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar