25 iyu 10:00
Yangiliklar
Rasman: "Surxon" Pedro va yana uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Ular: Eldor Boymatov, Asror G'ofurov, ukrainalik Mikola Agapov va brazliyalik Pedro.
Eldor Boymatov birinchi davrani "Qizilqum" jamoasida, Asror G'ofurov esa «Andijon» jamoasida o'tkazgan edi. Xujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Braziliyalik Pedro jamoada olib qolindi.
Yana qolgan uch nafar braziliyalik futbolchilar - Lukas, Sales va Duglas bilan do'stona xayrlashildi. O'zbekistonda legionerlar limiti 4+1 ni tashkil qiladi. "Surxon" jamoasida to'rt nafar legioner futbolchilar to'p suradigan bo'ldi.
Darko Stanoevich va Vladimir Bubanya (Serbiya);
Mikola Agapov (Ukraina);
Pedro (Braziliya)
Bu hali hammasi emas, jamoa yana bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
"Surxon" PFK matbuot xizmati
Fikrlar