08 dek 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! UFC fevral oyi uchun ikkita chempionlik jangini elon qildi
2025 yilning 9 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida UFC 312 turniri tashkil etiladi.
Liga matbuot xizmati turnirdan o'rin olgan ikkita chempionlik jangini elon qildi.
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi, janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessi amerikalik davogar SHon Striklendga qarshi revansh jangida oktagonga ko'tariladi. Ularning ilk jangida Dyu Plessi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Bundan tashqari, ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida UFC chempioni, 35 yoshli xitoylik Veyli Jang AQSH vakilasi Tatyana Suaresdan o'z kamarini himoya qilishga urinib ko'radi.
Qayd etish joiz, Suares hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmasdan kelmoqda.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar