So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

23 sen 18:13
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Vadim Abramov - O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Teglar :  Vadim Abramov
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.

Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O'FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini maqulladi. Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo kubogi-2011da qita birinchiliklaridagi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. SHuningdek, milliy terma jamoamizning o'sha yorqin o'yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o'sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. SHuningdek, o'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug'ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoamizni katta muvaffaqiyatlarga etaklaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
24 sen 21:25:47
Aziz Ergashov
Omad tilayman bu mutaxasisiga terma jamoa o'yiniga fayz bag'ishlaydigan mutaxasis keldi ana endi
   
23 sen 20:24:07
javohir
yordamchilari ayni vaqtda uzb eng zurlari.Uzini ishlariga xam omad
   
23 sen 18:23:32
Ikrom Otahonov
Yashavor Ermatov, xalq istagan ishni qildi. Endi hujumkor o'yin ham ko'rish vaqti keldi, pragmatik o'yinlar jonga teguvdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing