30 iyu 09:59
Yangiliklar
SHaxmat bo'yicha mutlaq jahon rekordi yangilandi!
Ushbu marafonda 854 nafar ishtirokchi qatnashib, 69,5 soat davomida to'xtovsiz shaxmat o'ynashdi!
Bu vaqt oralig'ida jami 12,445 ta partiya o'ynaldi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi esa naqd $100,000 ni tashkil qildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldingi rekord nigeriyalik Tunde Onakoyaga tegishli bo'lib, u Nyu-Yorkdagi "Tayms-skver"da 64 soat to'xtovsiz shaxmat o'ynagan edi.
"Boshida hamma narsa mukammal bo'lmagani ham meni xursand qiladi. Yangi narsa yaratishning go'zalligi ham shunda. Biz hali ko'p narsalarni o'rganishimiz kerak va buni faqat amaliyot orqali uddalaymiz. O'tgan bir necha kun ichida men minglab baxtli yuzlarni ko'rdim. Bu tabassumlar menga shaxmatni butun dunyo bo'ylab rivojlantirishga kuch beradi", — dedi rekord ortida turgan tashkilotchi Vadim Rosensteyn.

Fikrlar