20 iyu 19:19
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Vitaliy Denisov Rossiyaning boshqa jamoasiga o'tdi
Qozonning "Rubin" klubi o'z tarkibiga 32 yoshli o'zbekistonlik himoyachini qo'shib oldi.
Bitim bir mavsumga, yani 2019/20 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan. Hamyurtimiz yangi klubi safida 29-raqam ostida to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Krilya Sovetov"da o'tkazgan edi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar