So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 noy 14:14
Yangiliklar

Kurash

Ravshan Dastirov Tataristonning faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Teglar :  Belbog'li kurash
SHu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha erkaklar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Qozon shahridagi "Ak Bars" sport majmuasida o'tayotgan xalqaro turnirda Farg'ona viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Rizobek Masharipov, Farg'ona viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Miranshoh Ro'ziev boshchiligidagi Farg'ona viloyati terma jamoasidan iborat polvonlar ham to'liq tarkib bilan ishtirok etishyapti.

Mazkur xalqaro turnir doirasida xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (IBWA)ning navbatdagi kongressi ham o'tkazildi. Etiborlisi, ushbu kongressda ishtirok etgan Xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (IBWA) vice-prezidenti, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov bir ovozdan yana to'rt yil muddatga xalqaro federaciyaga vice-prezident etib saylandi. 

SHuningdek, R. Dastirov Tatariston Respublikasi sport vazirining tegishli buyrug'iga asosan ushbu vazirlikning eng oliy mukofoti - "Tatariston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" faxriy nishoni bilan ham taqdirlandi. 

Bundan tashqari, Tatariston Respublikasi sport vazirligi hamda Farg'ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida o'zaro memorandum ham imzolandi. 

Xalqaro turnir 6 noyabrga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing