15 iyu 17:36
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov ishni boshladi: bugun O'FAda terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashuv o'tkazildi
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Ravshan Ermatov O'zbekiston milliy, olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalari murabbiylari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida terma jamoalar oldiga qo'yilgan vazifalar, bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Terma jamoalar bosh murabbiylari yig'inlar tashkil qilish, mashg'ulotlar o'tkazish, yangi nomzodlarni saralab olishda ahamiyat qaratish zarur bo'lgan jihatlar, bo'lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun zarur chora-tadbirlar haqida so'z yurtishdi.
SHuningdek, hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar muhokama qilinib, ularning echimlarini topish va muammolarni bartaraf etish bo'yicha Ravshan Ermatov tomonidan tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar