28 apr 07:50
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatov Konfederaciyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi
FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH–2018 musobaqasidan avval o'tkaziladigan Konfederaciyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo'yicha referi assistenti vazifasini bajaradi.
17 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan mazkur turnirda barcha 6 ta futbol konfederaciyadan jami 36 nafar hakam ishlaydi. Ular JCH–2018 da ishlaydigan nomzodlar orasidan, FIFA Hakamlar qo'mitasi tomonidan tanlab olindi.
Hakamlar FIFA tomonidan tashkil etilgan maxsus seminarlarda ishtirok etib, ham nazariy, ham amaliy tayyorlov kurslarini o'tdi. Nomzodlarni tayyorlashda FIFA Hakamlar qo'mitasi boshlig'i Perluiji Kollina va FIFA Hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzakka ishtirok etdi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar