09 avg 07:56
Yangiliklar
Futbol

Ravshan Ermatovni tabriklaymiz!
Bugun 9 avgust, FIFA hakami, jahon chempionatlarining mutloq rekordichisi Ravshan Ermatov tavallud topgan kun!
Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p o'yin boshqargan, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi bo'lgan hamyurtimiz bugun o'zining 41 yoshini qarshilamoqda. Saytimiz nomidan Ravshan Ermatovni bugungi tavallud ayomi bilan muborakbod etamiz.
Barcha o'ylagan orzu niyatlariga etib yurishlarini, O'zbekiston nomini dunyoga taratishda davom etishini tilab qolamiz.
Havola :
Fikrlar