20 okt 11:11
Yangiliklar
Rayan Garsiya Teofimo Lopes bilan jang qilishi mumkin - insayder
Tomonlar muzokaralarning ilg'or bosqichida ekani aytilmoqda.
Bu haqda The Ring jurnalisti va insayderi Mayk Koppinjer X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.
Uning malumotiga ko'ra, Garsiya va Lopes jamoalari ehtimoliy jang bo'yicha muzokaralarda sezilarli siljishga erishgan.
28 yoshli Rayan Garsiya professional boksdagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan, 2023 yildan esa yarim o'rta vaznda jang qilib kelmoqda. Uning hisobida 25 ta g'alaba, shundan 21 tasi nokaut bilan, va ikkita mag'lubiyat bor.
Teofimo Lopes esa professional ringda 23 ta g'alaba, jumladan 13 ta nokaut, va ikkita mag'lubiyat qayd etgan. U professional boksdagi debyutini 2016 yil 5 noyabrda o'tkazgan.
Hozircha ehtimoliy jangning aniq sanasi va o'tkaziladigan joyi elon qilinmagan.
Fikrlar