22 noy 15:06
Yangiliklar
Futbol

Rayola "Yuventus" rahbariyati bilan uchta transferni muhokama qildi
Mashxur futbol agenti Mino Rayola Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.
Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar berdi.
Jumladan, tomonlar bir yo'la 3 nafar o'yinchining transferini muhokama qilishdi. Gap "Yuventus"ning yosh hujumchisi Moyze Kin, MYU yarim himoyachisi Pol Pogba va "Ayaks" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt haqida ketmoqda. Rayola 18 yoshli Kinni transferga qo'ydirmoqchi va Pogba hamda de Ligtlarni turinliklar safiga o'tishga ko'ndirishga tayyor.
Havola :
Fikrlar