19 noy 08:10
Yangiliklar

“RB Leypcig” safarda “Bayer”ni mag'lub etib, yakka peshqadam bo'lib oldi
Mamlakat chempionatining 11-turida “RB Leypcig” Liverkuzenda “Bayer” jamoasi mehmoni bo'lib, nomdor raqibini 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Leypcig” turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi. Klub hali mag'lubiyatga uchramagan. “Leypcig” 8ta g'alaba va 3ta durang qayd etgan.
Germaniya chempionati. 11-tur
BAYER – RB LEYPCIG 2:3 (2:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 1 Kampl, 1:1 – 4, avtogol Baumgartlinger, 2:1 – 45 Brandt, 2:2 – 67 Forsberg, 2:3 – 81 Orban.
“Bayer” – Leno, Xenrixs, Ta, Toprak, Vendell, Kampl, Baumgartlinger (Xavertc, 82), Arangis, Brandt, CHalxanoglu (Folland, 64), Mexmedi (Ernandes, 74).
“RB Leypcig” – Gulachi, Ilzanker, Orban, Kompper (SHmitc, 30), Xalstenberg, Keyta, Demme, Zabitcer, Forsberg (Kayzer, 90), Poulsen (Berk, 64), Verner.
Ogohlantirishlar: Orban (51), Ilzanker (53), Keyta (56), Toprak (73).
Fikrlar