So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

25 apr 11:47
Yangiliklar

Futbol

"Real Sosedad"ning sobiq futbolchisi Samarqandga tashrif buyurdi

Bir hafta davomida "JFL Tashkent"da mashg'ulot o'tkazib, murabbiylarning malakasini oshirishda yordam bergan "Real Sosedad"ning sobiq futbolchisi Kiko Zuniga kecha Samarqandda bo'ldi.

Madridning "Atletiko"si bilan U13 va U14 o'rtasida chempionlikni qo'lga kiritgan murabbiy Samarqandga tashrif davomida O'zbekistonning tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, ota-bobolarimiz tomonidan bunyod etilgan, butun dunyo tarixchilarining diqqat markazida bo'lib kelayotgan Registonga tashrif uni hayratga soldi.

"Dinamo"da ish yo'qmi deya hazillashib, o'zini Samarqandda qolish ixtiyori borligini jilmayib aytgan Kiko kechga yaqin, "Umid" bolalar futbol jamoasida master klass o'tkazdi. Jamoa murabbiyi Umid Xatamov bilan tashkil qilingan tadbirda shaharning BO'SM-2 klubi ham qatnashdi. Tadbir davomida, viloyat FF birinchi  Vice-prezidenti, SHuhrat Sayfullaev. Viloyat Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi rahbari, hamda BO'SM-2 direktori, Behzod Po'latov ham ishtirok etdilar.

"Ochig'ini aytaman, Samarqandni bunday go'zal shahar deb o'ylamagan edim. Tarixiy kinolarda bir-ikki og'iz Samarqand nomini tilga olib ketishlarini ko'rganman. Ammo uni o'z ko'zim bilan ko'rish juda boshqacha bo'ldi. O'zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish kabi masuliyatli ishda men ham qatnashayotganimdan xursandman", - deydi Kiko Zuniga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing