So’nggi yangiliklar

14:19"Менда сенинг сеҳринг учун жавоб бор". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 13:57Касаткина Rothesay International Open ғолибаси + ФОТО 0 13:35Олимпиада лицензианти Жавраил Шапиев Каспийск турнири чемпиони! 0 13:13"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими? 0 12:51Нодирбек Абдусатторов Руминия турнирида бир поғона юқорилади 0 12:28Султонов Брюссель турнири бош соврини учун кортга чиқади 0 12:07Дастин Порье Гэтжи билан учинчи жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:46Ламин Ямаль 250 миллион еврога сотилиши мумкин?! 0 11:25"Ҳумо" тажрибали ҳужумчисидан айрилди 0 11:03Алекс Перейра энг оғир вазнга ўтишга қарши эмас 1 10:42UFC 303: Бонус соҳиблари маълум 0 10:21Copa America. Аргентина учинчи учрашувида ғалаба қозонди. Чили гуруҳда қолиб келтди 0 10:00Алекс Перейра бу сафар ҳам Иржи Прохазкага имкон қолдирмади! UFC 303 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 09:53AND STILLL! Алекс Перейра Иржи Прохазкани яна нокаутга учратди! 0 09:23UFC лойиҳаси сифатида қараладиган Диего Лопес 3 соатда жангни қабул қилган Дэн Игега қарши октагонга чиқди 0

22 may 14:08
Yangiliklar

Futbol

"Real" vakillari O'zbekistonda: Bugun ular bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar "Real" akademiyasi menejerlari bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Xabaringiz bor, bundan bir necha oy oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada "Real" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan o'zaro hamkorlik masalasida kelishuvga erishgan edi. Bugun, ana shu hamkorlik doirasida "Real Madrid" akademiyasi vakillari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'lishdi.

Akademiya mutaxassislari Pablo Revenga va Andes Boraxxolarni u erda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar kutib olishdi.  Uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida "Real"da faoliyat olib borayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari bo'yicha tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

"Avvalambor yurtimizga hush kelibsizlar. Sizlarni O'zbekistonda ko'rib turganimizdan xursandmiz. "Real" akademiyasida bo'lib qaytganimizga ham ko'p bo'lmadi. U erda klub akademiyasi prezidenti bilan uchrashdik. O'zbekistonda "Real" akademiyasi ochilishini eshitib xalqimiz juda xursand bo'ldi. Xabaringiz bor, ayni paytda La Liga bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Ispaniya futboliga butun dunyo havas qiladi. Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq o'zbek futboliga ham Ispaniyaning yo'lini bersin deb qolamiz. Hamkorligimiz orqali o'zbek futbolini yuqori darajaga ko'tarish umididamiz ", - dedi Umid Ahmadjonov.


SHuningdek, MOQ rahbari va O'FA birinchi vice-prezidenti bu erda ish olib borish uchun kerak bo'lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov "Real" bilan hamkorlik qilish O'zbekiston uchun qiziq bo'lishi haqida gapirdi.

"Ispaniya futboli to'g'risida nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyoda juda yaxshi bilishadi. O'zbekistonda ham futbol maktablari bor, endi biz ushbu maktablarni yanada rivojlantirmoqchimiz. Mamlakatimiz rahbari ham bolalar uchun ixtisoslashtirilgan futbol akademiyalarini tashkil qilish borasida oldimizga bir qancha vazifalarni qo'yganlar. SHuning uchun, bu borada Evropa mamlakatlari bilan muzokaralar olib boryapmiz. "Real"ning bu boradagi tajribasi biz uchun juda qiziqarli. MOQ va O'FA rahbariyati tomonidan ham futbolni rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. O'ylaymizki, bu ishlar kelajakda albatta o'z mevasini beradi", - dedi SHoakram Isroilov.


Uchrashuv davomida mehmonlardan o'zbek futbol klublarini ham "Real", "Barselona" kabi jamoalar darajasiga olib chiqish borasida do'stona yordam so'raldi.

"Ayni paytda o'zbek futbolida katta islohotlar olib borilmoqda. Oddiy misol, bir yil oldin "Paxtakor" stadioniga 450 nafar muxlis tashrif buyurardi. Bugungi kunga kelib, bu ko'rsatkichni 17 minggacha chiqara oldik. Bu yilgi o'yinlarda muxlislar tashrifi bo'yicha turli rekordlar qayd etildi. 24 minggacha muxlis stadionlarga futbol tomosha qilish uchun tashrif buyurmoqda. SHuning uchun, sizlardan klublar borasida ham maslahatlar kutib qolamiz. O'rganadigan jihatlarimiz juda ko'p. O'zbekistonni o'z uyingizdagidek his qiling. O'zbek va ispan yigitlarining jussasi bir-biriga o'xshash bo'ladi. Biz hamkorlik qilish uchun bejizga Ispaniyani tanlaganimiz yo'q. Yaqinda yana ushbu mamlakatga tashrif buyuramiz. Ispaniya futbol federaciyasi bilan ham kelishuvga erishganmiz. Tashkilotning yangi rahbari bilan ham memorandum imzolab, hamkorlikda ishlashni yo'lga qo'ymoqchimiz. Yana bir marotaba O'zbekistonga hush kelibsiz deb qolamiz. Rahmat", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida mehmonlar ham yurtimizda ekanliklaridan xursandliklarini malum qildilar.

"Taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu erda ekanligimizdan xursandmiz. Yaqin orada hamkorlikni boshlaymiz.Bu borada murabbiylar malakasini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Keyinchalik bu erga bizning ikki nafar yuqori malakaga ega murabbiyimiz ham keladi. O'zbekiston futbolni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida Hamkorlik qilishga tayyormiz. Taklif qilayotgan falsafamizni qabul qilayotganingiz uchun sizga ham rahmat aytamiz" – dedi Andres Antonio Borraxo.


Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari amalga oshirilayotgan loyiha o'zbek futboli uchun tarixiy voqea ekanligi, kelajakda bizda ham evropalik futbolchilarga o'xshagan yoshlar etishib chiqishiga umid qilishini aytib o'tdi.

Umid Ahmadjonov yaqin vaqtlar ichida O'FAda Ispaniya bilan hamkorlikda ish olib boruvchi departament ham tashkil qilinishini aytib o'tdi. Hamkorlik nafaqat akademiyalar, balki murabbiylar malakasini oshirish, tajriba almashish bo'yicha ham amalga oshirilishi malum qilindi. Uchrashuv yakunida ananaga muvofiq Umid Ahmadjonov MOQ va O'FA nomidan mehmonlarga esdalik sovg'asini taqdim etdi.


 Ertaga ispaniyalik mutaxassislar “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan tanishishadi. SHuningdek, soat 11:00da ular ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing