20 may 14:01
Yangiliklar
Futbol
Reshford "Bornmut" bilan o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin
Markus Reshford bugun APL doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin.
Bu haqda "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag malum qildi.
"Reshi butun hafta davomida yaxshi shug'ullandi, ammo bugun [juma] kasal bo'lib qolganini aytdi. SHanba kuni uning holatiga qaraymiz", – dedi ten Xag.
Oldinroq hujumchi oyog'idagi jarohat tufayli "Vulverxempton"ga qarshi bahsni (2:0) o'tkazib yuborgandi. Reshford bu mavsum APLda 16ta gol bilan MYU to'purari bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar