24 avg 09:18
Yangiliklar
Futbol
Husanov "Bornmut"ga qarshi o'yinda necha ballga loyiq ko'rildi?
Angliya Premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" hamda "Bornmut" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Ushbu bellashuvda manchesterliklar 2:1 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.
Mazkur o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
Nufuzli Sofascore statistik portali mazkur bahsda ishtirok etgan futbolchilarning harakatlarini tahlil qilib, o'zining odatiy baholarini elon qildi. Unga ko'ra, Abduqodir Husanovning harakatlari mutaxassislar tomonidan 7.0 ballga loyiq deb topildi.

Havola :
Fikrlar