09 iyu 13:34
Yangiliklar
Futbol
Reshford "Tottenxem"ga o'tishini rad etdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Tottenxem"ga o'tishni xohlamadi.
London klubi 24 yoshli angliyalik bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "Manchester Yunayted" uni qo'yib yuborishni rad etdi. Hujumchining o'zi ham Manchester klubida qolib, yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning ishonchini qozonmoqchi.
Reshford o'tgan mavsum manchesterliklar tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar