So’nggi yangiliklar

12:59"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи обкелмоқчи 0 12:38IBA президенти Мейвезер - Пакьяо реванш жангини ташкил этишга тайёрлигини билдирди 0 12:17Баҳодир Жалолов Тошкентдаги бокс оқшомида кимга қарши жанг қилиши аниқ бўлди 0 11:56III Ёшлар Осиё ўйинларида Ўзбекистон спорт делегациясига энг кўп медалларни қайси федерация тақдим этди? 0 11:35Мессини Анголага олиб келиш қанчага тушиши маълум бўлди 0 11:14Ломаченко нима сабабдан "истеъфо"га чиққанини айтди 0 10:53III Ёшлар Осиё ўйинлари. Ўзбекистон ўз иштирокини 81 та медаль билан 2-ўринда якунлади (+тўлиқ жадвал) 0 10:32"Унчалик аҳмоқ эмасман". Де Ла Хойя боксга эҳтимолий камбэк ҳақида фикр билдирди 0 10:11ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум? 0 09:50Сергей Фомин драматик баҳсда 0/6 ҳисобидаги мағлубиятни ғалабага айлантирди 0 09:29Саидёқуб Қаҳрамонов: "Ўзбекистонда жанг қилишни истардим" 0 09:08Эртага тунда ўтказиладиган UFC Fight Night 263 турнирининг тўлиқ карди 0 08:47"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди 0 08:262026 йилги қишги Олимпия ва Паралимпия ўйинлари учун ҳозиргача қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 08:05Бугун Бобур Қурбонов собиқ UFC жангчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0

23 noy 14:19
Yangiliklar

Engil atletika

Respublika engil atletika markazi ishga tushirildi

Teglar :  Engil atletika
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. CHunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi.

Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanish uchun zarur sharoitlar yaratildi. SHahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarni barpo etish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda mamlakatimiz sportchilarini nufuzli musobaqalar, jumladan, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.


Yig'ilishda xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilayotgan medallar faqat boks, dzyudo, og'ir atletika va sport kurashlari bilan chegaralanib qolayotgani tanqid ostiga olindi. Gimnastika, trampolin, engil atletika, taekvondo, baydarka va kanoeda eshkak eshish, velosport kabi boshqa salohiyatli sport turlari bo'yicha ham ko'proq yutuqlarga erishish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi. Ular orasida Toshkentda Respublika engil atletika markazini ishga tushirish hamda undan samarali foydalanishga etibor qaratildi.
Engil atletika markazini bunyod etish to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2013 yil 25 fevralda imzolangan va qurilish uchun masul sifatida “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi belgilangan edi. Markaz binosiga birinchi g'ishtni Xalqaro engil atletika federaciyasi birinchi-vice prezidenti, afsonaviy sportchi Sergey Bubka qo'ygani etiborga molik.



Bugungi kunda Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan va barcha zamonaviy talablarga javob beradigan engil atletika markazi foydalanishga topshirilmoqda. Yugurish yo'lkalari dunyoga mashhur “Konika” kompaniyasi mahsuloti bo'lsa, asbob-anjom va uskunalar boshqa bir mashhur kompaniya “Nordik” tomonidan etkazib berilgan.

Markazda sportchilarning shug'ullanishi, yashashi, musobaqalashishi uchun shart-sharoit mavjud. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televidenie orqali bevosita reportajlar uyushtirish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Endilikda mamlakat engil atletika federaciyasi shu erda joylashadi va ushbu sport turini rivojlantirishni yanada yuksak saviyaga ko'tarish uchun barcha choralarni ko'radi.

O'zbekiston engil atletika maktabi o'zining ajoyib ananalariga ega. Bir qator sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda shohsupaga ko'tarilib, bayrog'imiz baland hilpirashiga sababchi bo'lishgan. Jumladan, 2000-yillarning o'zida Leonid Andreev va Svetlana Radzivil o'smirlar o'rtasida jahon chempioni unvonini qo'lga kiritishdi, Go'zal Xubbieva, Nadiya Do'sanova kabi sportchilarimiz Osiyo o'yinlari va qita chempionatlarida oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Yangi engil atletika markazi ana shu ajoyib yulduzlarning vorislarini voyaga etkazishda, nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib hissa qo'shishga imkoniyat yaratadi.



Markazning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, sport faxriysi Ozod Ro'zmetov, o'smirlar o'rtasida jahon chempioni, Osiyo o'yinlari va ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalar g'olibasi Svetlana Radzivil so'zga chiqib, bunday ajoyib shart-sharoit yaratilishiga sababchi bo'lgan davlatimiz rahbariyati, bunyodkorlik ishlariga hissa qo'shgan barcha-barchaga minnatdorchilik izhor qilishdi hamda ushbu markaz yangi yorqin g'alabalar uchun zamin hozirlashiga umid bildirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing