So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

12 may 09:52
Yangiliklar

Boshqalar

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbari o'zgardi

O'zbekiston professional futbol ligasi direktori o'rinbosari Mirsardor Alimov Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbari etib tayinlandi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmonida ko'rsatib o'tilgan bandlar ijrosini taminlash maqsadida butun mamlakatimiz bo'ylab Olimpiya zaxiralari kollejlari, Bolalar-o'smirlar sport maktablari tizimida jiddiy islohotlar olib bormoqda.

Takidlash lozimki, qilinayotgan keng ko'lamdagi ishlar eng avvalo Olimpiya kollejlari va sport maktablarining samarali ishlashi uchun xizmat qilishi, ushbu sport maskanlarida yoshlar uchun barcha kerakli sharoitlar yaratish, qabul kvotalari va mezonlarini qayta ko'rib chiqish va shu bilan birgalikda mamlakat terma jamoalariga munosib va iqtidorli nomzodlarni etakazib berish tizimini yaratishda muhim o'rin tutadi.

Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji ham shak-shubhasiz mamlakatimizdagi eng mashhur o'quv-sport dargohlaridan biri hisoblanadi. Uning boy tarixi va ananalari mavjud. Ammo tan olish lozim, so'nggi yillarga kelib ushbu maskan islohotlarga muhtoj bo'lib qolgandi. Aniqroq aytadigan bo'lsak kollej faoliyati talab darajasida emasdi.

Aynan shu jihatni hisobga olib O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug'i bilan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. SHu paytga qadar kollejga rahbarlik qilib kelgan Jasur Akramov o'z arizasiga ko'ra lavozimidan ozod etildi. Uning o'rniga O'zbekiston Professional futbol ligasi direktorining o'rinbosari sifatida ishlab kelgan Mirsardor Alimov vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tabiiyki, yangi rahbar oldiga Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan malum talablar qo'yildi. Unga ko'ra qisqa vaqt ichida Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini tubdan takomillashtirish, ishlarni samarali tashkil etish, qabul kvotasi va mezonlarini qayta ko'rib chiqish, o'quv-mashg'ulotlar bazasini talab darajasiga keltirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasida rahbariyatga aniq takliflar kiritish, bu borada mukammal tizim yaratish va uni tatbiq etish bo'yicha M. Alimovga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing