07 noy 17:20
Yangiliklar

Reyting. Istomin 139, Do'stov 435-pog'onada, Jokovich 122 haftadan so'ng peshqadamlikni boy berdi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan bir pog'onaga pastladi. Denis bu hafta reytingida 428 ochko bilan 139-o'rinni egallab turibdi.
Ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov esa aksincha uch pog'onaga yuqorilab, 435-o'ringa ko'tarilib oldi. Dunyo tennischilari reytingini 122 hafta mobaynida boshqarib kelgan serbiyalik Novak Jokovich o'z o'rnini britaniyalik Endi Marreyga bo'shatib berdi.
ATR REYTINGI. 7 NOYABR KUNGI HOLAT:
1 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 11185
2 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 10780
3 (3) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5115
4 (5) Milosh Raonich (Kanada) 5050
5 (4) Kei Nisikori (Yaponiya) 4705
6 (7) Gael Monfis (Franciya) 3625
7 (10) Marin CHilich (Xorvatiya) 3450
8 (6) Rafael Nadal (Ispaniya) 3300
9 (10) Dominik Tim (Avstriya) 3215
10 (11) Tomash Berdix (CHexiya) 3060
139 (138) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 428...
435 (438) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 90...
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar