07 okt 11:20
Yangiliklar
Reyting. Istomin 31 pog'onaga pastladi, Karimov 242 pog'onaga ko'tarildi
Top-10 reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis yulduzlari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishgan. Serbiyalik Novak Jokovich Tokiodagi chempionlik evaziga peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi hamda ikkinchi pog'onada borayotgan Rafael Nadaldan sezilarli darajada uzoqlashdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 31 pog'onaga pastlab, ayni paytda 195-o'rinni band etgan. Tennischilarimizdan eng yuqori yuksalishga Jo'rabek Karimov erishgan. U 242 pog'onaga ko'tarilib, hozirda 635-o'rindan joy olgan.
ATP reytingi. 7 oktyabr kungi holat
1. (1) Novak Djokovich (Serbiya) - 10365
2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) - 9225
3. (3) Rojer Federer (SHveycariya) - 7130
4. (4) Daniil Medvedev (Rossiya) - 4965
5. (5) Dominik Tim (Avstriya) - 4915
6. (6) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 4185
7. (7) Stefanos Cicipas (Greciya) - 3630
8. (8) Kei Nishikori (Yaponiya) - 3040
9. (9) Karen Xachanov (Rossiya) - 2945
10. (10) Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) - 2575...
O'zbekistonlik tennischilar:
195. (164) Denis Istomin - 255
376. (384) Humoyun Sultonov - 99
393. (369) Sanjar Fayziev - 92
635. (877) Jo'rabek Karimov - 34
732. (729) Sergey Fomin - 24
806. (809) Saidalo Saidkarimov - 18
Fikrlar