19 sen 14:55
Yangiliklar

Reyting. Istomin 4 o'rin ko'tarildi, Do'stov 4 pog'onaga pastladi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin avvalgi o'rniga nisbatan 4 pog'onaga ko'tarilib oldi - 109. Ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov esa aksincha, 4 pog'onaga pastlab, 241-o'rindan joy olgan.
Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Britaniyalik Endi Marrey ikkinchi, shveycariyalik tennischi Sten Vavrinka kuchli uchlikka yakun yasadi.
ATR REYTINGI. 19 sentyabr kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 14040
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 9345
3 (3) Sten Vavrinka (SHveycariya) 6260
4 (4) Rafael Nadal (Ispaniya) 4940
5 (5) Kei Nisikori (Yaponiya) 4875
6 (6) Milosh Raonich (Kanada) 4760
7 (7) Rojer Federer (SHveycariya) 3730
8 (8) Gael Monfis (Franciya) 3545
9 (9) Tomash Berdix (CHexiya) 3390
10 (10) Dominik Tim (Avstriya) 3295
109 (113) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) – 545...
241 (237) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) – 222
Izoh: Qavs ichida tennischilarning avvalgi o'rinlari berilgan
Fikrlar