29 avg 15:43
Yangiliklar

Reyting. Istomin o'z o'rnida, Do'stov 5 pog'onaga ko'tarildi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Bugun AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini boshlaydigan hamyurtimiz 107-pog'onanai band etgan.
Ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov esa aksincha, 5 pog'onaga ko'tarilib, 235-o'rindan joy olgan. Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Britaniyalik Endi Marrey ikkinchi, shveycariyalik tennischilar Sten Vavrinka va Rojer Federer keyingi o'rinlarni egallab turishibdi.
ATR REYTINGI. 29 avgust kungi holat
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) – 14840 ochko
2 (2). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 9305
3 (3). Sten Vavrinka (SHveycariya) – 4980
4 (4). Rojer Federer (SHveycariya) – 4945
5 (5). Rafael Nadal (Ispaniya) – 4850
6 (6). Milosh Raonich (Kanada) – 4805
7 (7). Kei Nisikori (Yaponiya) – 4165
8 (8). Tomash Berdix (CHexiya) – 3570
9 (9). Marin CHilich (Xorvatiya) – 3515
10 (10). Dominik Tim (Avstriya) – 3205
107 (107) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) – 560...
235 (240) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) – 222
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar