06 fev 17:25
Yangiliklar

Reyting. Istomin yana uch pog'onaga ko'tarildi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 3 pog'onaga ko'tarilib oldi. Ayni paytda hamyurtimiz 77-o'rinni egallab turibdi.
Xabaringiz bor, Denis Istomin boshchiligidagi terma jamoamiz kecha norasmiy jahon chempionati xisoblangan Devis Kubogida Janubiy Koreya tennischilarini 3:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.
Ikkinchi raketkamiz Sanjar Fayziev esa 4 pog'onaga pastlab, 371-o'rinni band etgan. Dunyo tennischilarining kuchli o'ntaligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi.
ATR REYTINGI. 6 FEVRAL KUNGI HOLAT:
1 (1) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 11540
2 (2) Novak Jokovich (Serbiya) 9825
3 (3) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5695
4 (4) Milosh Raonich (Kanada) 4930
5 (5) Kei Nisikori (Yaponiya) 4830
6 (6) Rafael Nadal (Ispaniya) 4385
7 (7) Marin CHilich (Xorvatiya) 3560
8 (8) Dominik Tim (Avstriya) 3505
9 (9) Gael Monfis (Franciya) 3445
10 (10) Rojer Federer (SHveycariya) 3260
77 (80) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 668...
371 (367) SANJAR FAYZIEV (O'ZBEKISTON) 118...
Izoh: Qavs ichida tennischilarning ikki hafta avvalgi o'rinlari berilgan
Fikrlar