So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

24 fev 15:35
Yangiliklar

Sport kurashlari

Reyting turniri. Islomjon Bahromov va Rustam Assakalov 1/2, Baxshilloev 1/4 finalda

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha reyting turniri boshlandi.

Ayni daqiqalarda yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tmoqda. 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Islomjon Bahromov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bahromov 1/8 finalda ozarbayjonlik Taleh Mammadovni 8-2, 1/4 finalda esa turkiyalik Rahmon Bilichini 9-6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning final chiptasi uchun kechadigan bahsdagi raqibi qirg'izistonlik Dastan Kadirov bo'ladi. 

67 kg vazndagi kurashchimiz Mahmud Baxshilloev nimchorak finalda mezbonlar vakili Furkan Sonkurdan 8-1 hisobida ustun keldi. Birozdan so'ng buxorolik polvonimiz yana bir turkiyalik kurashchi Volkan CHakilga qarshi gilamga chiqadi. 

Terma jamoamizning eng tajribali kurashchisi Rustam Assakalov avvaliga italiyalik Nikoloz Kaxelashvilini engdi. Nimchorak finalda turkiyalik Abdul Kadirni 8-0, 1/4 finalda esa litvalik Vilius Laurnaytisni 5-3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Afsuski, 97 kg vazndagi ikkinchi kurashchimiz Abrorbek Nurmuhammedov noregiyalik Feliks Baldaufga 0-8 hisobida yutqazib qo'ydi. Uch Olimpiada ishtirokchisi Mo'minjon Abdullaev chorak finalda turkiyalik Osman Yildirimga, 87 kg vazndagi kurashchilarimiz Jalgasbay Berdimuratov va Nurbek Hoshimbekov, 60 vazndagi Feruz To'xtaevlar ilk davradayoq raqiblarini imkoniyatni boy berib qo'yishdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing