24 noy 15:40
Yangiliklar
Tennis

Reytingda 528-o'rinda borayotgan Ismoilov 214-raketkani mag'lub etdi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida to'rt tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan ikki nafari yarim finalga etib keldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomindan keyin istedodli tennischimiz Temur Ismoilov ham yarim final chiptasini qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, dunyo reytingida 528-pog'onadan joy olgan Ismoilov 214-o'rinni egallab turgan rossiyalik Aleksandr Bublikni 7:6, 6:4 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar