24 noy 09:40
Yangiliklar
Tennis

Reytingda 528-o'rinda borayotgani Ismoilov 175-raketkani mag'lub etdi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida to'rt tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan ikki nafari chorak finalga etib keldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomindan keyin istedodli tennischimiz Temur Ismoilov ham chorak final chiptasini qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, dunyo reytingida 528-pog'onadan joy olgan Ismoilov 175-o'rinni egallab turgan rossiyalik rossiyalik Aleksandr Kudryavcevni 6:1, 4:6, 6:4 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar