16 may 15:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/165360_220.jpg)
Rim. Rafael Nadalning finaldagi raqibi Jokovich. Bizni super final kutmoqda
Sayyoramizning birinchi raqamli tennischi Novak Jokovich Rimdagi musobaqaning finaliga yo'l oldi.
Serbiyalik tennischi yarim finalda Lorenco Sonegoga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 44 daqiqa davom etgan murosasiz bahsda Novak raqibini 6:3, 6:7, 6:2 hisoblarida taslim etdi va finalga yo'l oldi.
Endi u finalda ispaniyalik tennischi Rafael Nadalga qarshi bahs olib boradi.
O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar