16 sen 14:00
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/134573_220.jpg)
Rimdagi rus derbisida Kasatkinaning qo'li baland keldi
Italiya poytaxti Rim shahri mezbonlik qilayotgan tennis turnirida birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.
Internazionali BNL d'Italia turnirining ilk davrasida rossiyalik ikki tennis malikalari - Vera Zvonaryova va Darya Kasatkina o'zaro to'qnash kelishdi. Sakson daqiqa davom etgan rus derbisida dunyoning 74-raketkasi bo'lib turgan Kasatkina reytingning 181-pog'onasidan joy olgan vatandoshini mag'lub etdi - 6/2, 6/2.
Vera bitta, Dasha esa uchta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Endi Kasatkina Internazionali BNL d'Italia turnirining ikkinchi bosqichida chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar