02 fev 18:18
Yangiliklar
Formula-1
Rio-de-Janeyro "Formula-1" trassasini qurish rejasini bekor qildi
Rio shahri rahbariyati yangi poyga trekini qurish g'oyasini bekor qildi.
SHaharda Kambroata o'rmon zonasi atrofida "Formula-1" trassasini barpo etish haqida 2019 yilda ilk marotaba Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru gapirgandi.
Rio shahri kotibiyati vakili yaqinda ushbu qurilish boshlanmasligi haqida xabar qildi.
Malumot uchun, Braziliya Gran-Prisi "Formula-1" taqvimida 1972 yildan buyon mavjud. U 10 marotaba "Jakarepagua" trassasida o'tkazilgan. 1990 yildan beri poyga San-Pauludagi "Interlagos" trassasida o'tkaziladi. 2020 yilgi poyga pandemiya sabab bekor qilingandi.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar