14 iyu 11:15
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Rioga boradigan sportchilarimiz yana 4 nafarga ko'paydi
12-13 iyun kunlari Dushanba shahri (Tojikiston)da engil atletika bo'yicha o'tkazilgan mamlakat ochiq chempionatida bir yo'la to'rt nafar sportchimiz “Rio-2016” Olimpiya o'yinlarining yo'llanmasi uchun belgilangan meyorni bajarib, to'rt yillikning eng yirik sport bayramida qatnashish xuquqini qo'lga kiritdilar.
Navbatdagi yo'llanmalarga Ekaterina Tunguskova, Natalya Asanova, Ivan Zaycev va Yuliya Tarasova sazovor bo'ldilar. Farg'onalik Ekaterina Tunguskova 10000 metr masofaga yugurish musobaqasida belgilangan meyorni bajargan bo'lsa, Andijon viloyati vakili Natalya Asanova 400 metr masofaga to'siqlar osha yugurishda 56.19 soniya (meyor 56.20 soniya) natija qayd etdi.
Nayza uloqtirish sektorida ishtirok etgan sirdaryolik Ivan Zaycev 83 m. 03 sm. natija (meyor 83 m.) ko'rsatgan bo'lsa, poytaxtlik Yuliya Tarasova uzunlikka sakrash musobaqasida 6 m. 72 sm. (meyor 6 m. 70 sm) natija qayd etdi.
Havola :
Fikrlar