So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

06 sen 14:25
Yangiliklar

Dzyudo

Rishod Sobirov: “Oldimizga katta vazifalar yuklandi”

Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev raisligida o'tkazilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida biz sportchilar zimmasiga juda katta vazifalar yuklandi, ulkan maqsadlar belgilab berildi.

- Eng avvalo yurtboshimiz 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi olimpiada o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish masalalariga to'xtalib o'tdilar, - deya videoselektor taassurotlari bilan o'rtoqlashdi uch karra olimpiya o'yinlari sovrindori Rishod Sobirov. - Mazkur nufuzli musobaqaga juda kam vaqt qoldi. SHu bois hozirda olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun etarli reyting ballarini yiqqan sportchilarimiz ustida jiddiy ishlashimiz kerak. Ularning tajribasini oshirish uchun chet davlatlaridan tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda mashg'ulotlar o'tishimiz kerak.

2019 yildan boshlab 2023 yilgacha Prezidentimiz ommaviy sportni rivojlantirish to'g'risida yangi qaror tasdiqladilar. Yoshlarga ko'proq etibor berish kerak. Qachonki yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlasak va to'g'ri tarbiyalasak, shundagina olimpiadada yanada yaxshi natijalarga erishamiz.

Haqiqiy mutaxassis mutarabbiylarimiz hozirgi vaqtda kamchilikni tashkil etadi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kelayotgan o'z yo'nalishidagi dzyudomi, boksmi yoki boshqa sport turidan kelgan murabbiylarni to'rt yil davomida o'sha federaciyalarga bog'lab qo'yish kerak. CHunki ular kurashmagan, ammo nazariy bilimlarga ega. Ularni amaliyotga bog'lab qo'ysakkina ularda amaliy ko'nikmalar paydo bo'ladi. SHunda o'z viloyatlariga borib yosh bolalar bilan ishlashga qiynalishmaydi. Ularda ko'nikma paydo bo'ladi. Yaponiyada yoki Koreyada 3-4 yoshdan sportga kelib tarbiyalanib 17-18 yoshdan qo'rqmasdan oltin medalga kurashadigan bola bo'lib etishadi.

Olimpiadaga tayyorgarlik to'rt yil davomida olib boriladigan jarayon. To'rt yil davomida federaciyalarimiz sportchilarni birinchi tarkib, ikkinchi tarkib, 3, 4 va hattoki beshinchi tarkib sportchilarini ham tayyorlab boramiz. CHunki olimpiadaga bir-ikki yil vaqt qolganda sportchi jarohat olishi yoki sport ko'rsatkichlari pasayib ketishi mumkin. SHuni inobatga olgan holda terma jamoalarimizda sportchilar sonini ko'paytirish kerak. Videoselektor yig'ilishida ham Prezidentimiz takidlaganidek, viloyatlarga, qishloqlarga borib sharoiti etmaydigan, lekin o'zi iqtidorli bo'lgan sportchilarni terma jamoalarga jalb etish lozim.

O'zim dzyudochi bo'lganim bois ko'proq ushbu sport turiga to'xtalsak, masalan 60 kg vazn toifasida SHarofiddin Lutfullaev, Diyorbek O'rozboev kabi sportchilarimiz ustida yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Negaki, Olimpiadaga juda oz vaqt qoldi. SHuning uchun reyting ballari to'plagan va Tokioga borish uchun real imkoniyatga ega sportchilarimizga etibor berish zarur.

SHuningdek, videoselektorda Prezidentimiz sport farmakologiyasi masalasiga ham alohida etibor qaratganlari ayni muddao bo'ldi. Sportchilarning organizmi zo'riqish tufayli toliqib qolmasligi kerak. O'zim sportchi bo'lganman va buni juda yaxshi bilaman, tushunaman. Bu boradagi muammolar qanchalik tez o'z echimini topsa, o'zbek sporti uchun shunchalik foydali bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing