So’nggi yangiliklar

18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимоячи учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0

03 apr 20:34
Yangiliklar

Futbol

Rivaldo, Pishur va boshqalar - O'zbekiston chempionatida to'purar bo'lgan xorijlik futbolchilar

Teglar :  FutbolPishurRivaldo
1992 yildan buyon O'zbekiston chempionati, Oliy liga bahslari o'tkazilib kelinmoqda.

Bilamizki, mavsum yakunida doimgidek eng yaxshi to'purar futbolchilar aniqlanadi. Bunda asosan mahalliy futbolchilarimiz etirof etiladi. Ammo, avvalgi yillarda xorijlik to'p teparlar ham goledorlik xislatlarini namoyish eta olishdi. Quyida bu haqida batafsil so'z yuritamiz.

Rivaldo – O'zbekiston chempionatlari tarixidagi birinchi xorijlik futbolchi hisoblanadi. Braziliyalik futbolchi «Bunyodkor»dagi ikkinchi mavsumida to'purar maqomini olishga erishdi. 2009 yil yakunida 20ta gol bilan to'purarlar qatorida birinchilardan bo'ldi. Mahoratli Rivaldo klubdagi faoliyati davomida 80ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umumiy hisobda 6877 daqiqa faol to'p tepgan va darvozalarga 43ta to'p kiritgan.


Milosh Trifunovich – Galdagi xorijlik to'purar ham «Bunyodkor» jamoasida harakat qilgan. Orada avlodlar almashinuvini o'tkazgan poytaxt klubi 2011 yildan chempionatdagi zafarli yurishini davom ettiradi. Tarkibga serbiyalik tajribali hujumchi, «Crvena Zvezda»dagi o'yinlari bilan tanilgan Milosh Trifunovichni katta maqsadlarda taklif qiladi. Futbolchi esa bildirilgan ishonchni to'liq oqlaydi. Yakunda 17ta gol bilan mavsum to'purariga aylanadi. 36ta bellashuvda jami 22ta gol uradi.



Oleksandr Pishur – Ukrainalik futbolchi «Bunyodkor»dagi ikki yili mobaynida sermahsullik qayd etadi. 69 uchrashuvda 34ta gol urgan futbolchi, 2013 yilgi Oliy ligada 19ta to'p bilan to'purarlar qatorini boshqaradi.



Artur Gevorkyan – «Nasaf» tarkibida OFK kubogi sohibi bo'lgan turkmanistonlik Artur Gevorkyan 2013 va 2014 yillarda ushbu jamoaning tom manodagi etakchisi bo'lgandi. 2014 yilda futbolchi nafaqat «ajdarlar»ning balki, chempionatimizda ham eng ko'p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kiradi.


Tiago Bezerra – Oraliqdagi katta tanaffusdan so'ng Superligada yana bir braziliyalik futbolchi to'purarlar qatoridan joy oldi. «Paxtakor» futbolchisi Bezerra so'ngi turda «Bunyodkor» darvozasini uch bor ishg'ol qilib amalda 17ta to'p bilan mavsumni yakunlaydi. Ushbu futbolchi Rivaldodan so'ng chempionatimizda to'p tepgan eng yaxshi braziliyalik o'yinchi deya olamiz.



Dragan CHeran – Mazkur futbolchi 2016 yilning ikkinchi yarimida «Nasaf»jamoasi safiga qo'shildi. Qarshidagi paytida goleadorlik xislatlarini namoyon qilgan futbolchi «Paxtakor»da ham muvaffaqiyatli davom ettirdi. 2019 yil Superligada 23ta gol urgan CHeran chempionat to'purariga aylandi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing