21 fev 10:37
Yangiliklar
Tennis, Olimpiya o'yinlari
Roberto Bautista-Agut faoliyatidagi 10-sovrinini qo'lga kiritdi
Qatar poytaxti Doha shahrida mukofot jamg'armasi 1 071 030 dollarni tashkil qiluvchi turnir yakuniga etdi.
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut musobaqa finalida o'tgan yilgi chempion gruziyalik Nikoloz Basilashvilini 6/3, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa, Bautista-Agut faoliyatidagi o'ninchi va 2019 yildan buyon birinchi chempionlik sovrinini qo'lga kiritdi. So'nggi to'rt yil davomida ispaniyalik Dohada uch marta finalda o'ynagan: 2019 yilda u Tomas Berdixni mag'lub etgan, 2021 yilda esa Basilashviliga yutqazgan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar